Korroziyabardoshlik




Korroziyabardoshlik - materi-allarning tashqi muhit taʼsirida yemirilishi (korroziya)ga qarshilik koʻrsata olish xossasi. Asosan, material yuzasining kimyoviy tarkibiga, tuzilishiga, mexaniq kuchlanishlar mavjudligiga, taʼsir qiladigan tashqi muhit sharoitiga bogʻliq. K. material yuzasining makro- va mikroskopik oʻzgarishlar bilan, dastlabki korroziya belgilarining paydo boʻlish vaqti bilan vaqt birligi ichida materialning yup-qalashishi yoki yuzasi birligidan massasining kamayishi bilan, fizik-mexanik koʻrsatkichlar va boshqalarning pasayishi bilan baholanadi. Metall materiallarning K.ini oshirishda legirlash, rafinatsiya, himoya qoplamalari qoplash, kimyoviy-termik ishlov berish, elektrkimyoviy usullar qoʻllaniladi. Metallmas materiallar xususan, betonlarning K.gi ularning zichligini oshirib, himoya qoplamalar qoplab yaxshilanadi (yana q. Korroziyabardosh materiallar).

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz