Korrida




Korrida (ispancha corrida de toros — buqalarning chopishi) — ispan milliy tomoshasi. 11-asrdan maʼlum. Hozirgi sirk tomoshasi sifatida 18-asrda shakllangan. 12—14 kishi (torero)dan iborat guruh qatnashadi. K. davomida torerolar buqani yarqiragan lattalar bilan qoʻzgʻatadi, pikadorlar esa nayzalarni buqaga sanchib gʻazablantiradi. Asosiy ijrochisi — matador (espada)ning buqa bilan jang oʻyini, odatda, hayvonning oʻldirilishi bilan tugʻallanadi. Ispaniya, Portugaliya, Janubiy Fransiya, shuningdek, Lotin Amerikasi mamlakatlarida keng tarqalgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz