Kornuoll




Kornuoll — Buyuk Britaniyaning jan.-gʻarbidagi yarim orol. La-Mansh boʻgʻozi va Bristol qoʻltigʻi suvlari oʻrab turadi. Oʻz. 150 km chamasida, eni 72 km gacha. Qirgʻoqlari qoʻltiklar bilan kuchli parchalangan. Relyefi yassitogʻ (eng baland joyi 621 m) va sertepali tekislik. Qirgʻoqlari tik. Keng bargli oʻrmonlar, vereskzorlar, torf botqoqliklari bor. Qalay olinadi. Yirik porti — Plimut.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz