KORNUOLL



KORNUOLL — Buyuk Britaniyaning Janubi-g’arbidagi yarim orol. La-Mansh bo’g’ozi va Bristol qo’ltig’i suvlari o’rab turadi. Uzunligi 150 kilometr chamasida, eni 72 kilometrgacha. Qirg’oqlari qo’ltiqlar bilan kuchli parchalangan. Relefi yassitog’ (eng baland joyi 621 metr) va sertepali tekislik. Qirg’oqlari tik. Keng bargli o’rmonlar, vereskzorlar, torf botqoqliklari bor. Qalay olinadi. Yirik porti — Plimut.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz