Korneychuk Aleksandr Yevdokimovich




Aleksandr Yevdokimovich Korneychuk [1905.12 (25). 5, Xristinovka stansiyasi (hozirgi Cherkassi viloyati) — 1972.14.5, Kiyev] — ukrain dramaturgi va davlat arbobi. Ukraina Fanlar akademiyasi (1939), SSSR Fanlar akademiyasi (1943) akademik "Eskadraning haloqati" (1933), "Haqiqat" (1937), "Platon Krechet" (1934), "Bogdan Xmelnitskiy" (1939) pyesalari ukrain dramaturgiyasida muhim urin tutadi. "Ukraina chullarida" (1941), "Front" (1942), "Makar Dubrava" (1948), "Bodrezakzor" (1950), "Mening doʻstlarim" (1970) va boshqa pyesalarida 2-jahon urushi va undan keyingi yillardagi xalqlar hayoti va mexnati tasvirlangan. "Platon Krechet", "Eskadra haloqati", "Front" va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan, baʼzilari oʻzbek teatrlarida sahnalashtirilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz