Korneliy Bazderov
Korneliy Aleksandrovich Bazderov (1924-yil 22-fevral, Penza - 2009- yil 17-mart, Murmansk) — sovet va rus teatr aktyori, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, RSFSR xalq artisti (25.04.1980).
Tarjimai hol
Korneliy Bazderov 1924-yil 22-fevralda Penza shahrida aktyorlar oilasida dunyoga keladi. Bolalik chogʻidanoq u teatrdagi faoliyatini Taganrog drama teatridan boshlaydi. Keyinchalik oilasi Astraxanga koʻchib oʻtganligi sababli Korneliy 1942-yilda Astraxan drama teatri qoshidagi teatr studiyasini tamomlaydi.
Aynan shu yili u harbiy xizmatga chaqiriladi. Astraxan mudofaasida ishtirok etadi, u qattiq jarohat oladi. Qalmoqda u qamalga tushadi, kuyish va muzlash jarohatini oladi. Uzoq davolanishdan soʻng, u 1943-yil noyabrdan gvardiya minomyotchisi sifatida oʻqitiladi (zabardast Katyusha BM-31-12 bilan) jang olib boradi. Korneliy Ukraina, Ruminiya, Polsha, Germaniya, Chexoslovakiyani qamaldan ozod qiladi. U Berlinda gvardiya serjanti boʻlib urushni yakunlaydi.
1947-yildan Fargʻona rus drama teatri va Ijevsk rus drama teatrlarida rol oʻynay boshlaydi.
1949—2009-yillarda Murmansk viloyat drama teatrining artisti sifatida 200 dan ziyod rollarni ijro etadi.
2009-yil 17-martda 86 yoshida Murmanskda vafot etdi.
U Murmans qabristoniga dafn qilinadi.
Oilasi
Mukofot va unvonlari
Teatr faoliyati
Xotirlash
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org