KORIOLIS (CORIOLIS) GYUSTAV GASPAR



KORIOLIS (CORIOLIS) GYUSTAV GASPAR (1792-1842) — frantsuz matematigi va mexanigi. Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1836). Parij politexnika maktabini boshqargan (1838 yildan). “Qattiq jismlar mexanikasi va mashinalarni hisoblashga doir traktat” (1829) va “Jismlar tizimining nisbiy harakati tenglamalari haqida” (1835) nomli asarlarida Koriolis nisbiy harakat nazariyasini asoslab berdi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz