KORINF BO’YNI



KORINF BO’YNI – Yevropa Janubdagi bo’yin, Peloponnes yarim orolini Gretsiyaning Markaziy rayonlari bilan bog’laydi. Ioni dengizining Korinf qo’ltig’i bilan Egey dengizining Saronikos qo’ltig’i suvlari o’rab turadi. Uzunligi 42 kilometr, kengligi 16 kilometrgacha. Chala cho’l o’simliklari o’sadi. Korinf bo’yni orqali Afina shahri bilan Korinfni bog’lovchi temir yo’l 2 va shosse yo’li o’tgan. 1881-93 yillarda Korinf bo’yni orqali Korinf kanali qazilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz