KORINF



KORINF — qadimgi Yunon shahar-davlati (polis) (hozirgi Korinfdan 6 kilometr narida). Taxminan miloddan avvalgi 10-asrda doriylar tomonidan barpo qilingan. Tiranlar — Kipsel va Periandr davri (miloddan avvalgi 7-6-asrlar boshi) da gullab-yashnagan. Korinf yirik savdo-hunarmandchilik markazi; Afina bilan raqobatlashgan; bronza va sopol buyumlari bilan mashhur bo’lgan; yunon kolonizatsiyasida faol qatnashgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz