KO’RICHAK



KO’RICHAK — odam va sut emizuvchi hayvonlarda (ayrim hasharotxo’rlar, ayiqlar, gippopotamlar, oztishlilar va kitsimonlardan tashqari) yo’g’on ichakning boshlanish qismi; uzunligi o’rtacha 6-8 santimetr, kengligi 4-7 santimetr. O’ng yonbosh chuqurchasida joylashgan bo’lib, uning yonbosh ichakka qo’shilish joyida Qanatning yarimoysimon burmalari — qopqog’i bor. Ko’richak qisqarganda qopqoq yopilib, yo’g’on ichakdagi massa ingichka ichakka qaytib chiqmaydi. Ko’richakdan yo’g’on ichak (ko’tariluvchi chambar ichak) boshlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz