Koreyada yapon to‘ntarishi.
Koreyada yapon to‘ntarishi
Koreyada Yaponiya tarafdorlari bo‘lgan yagona kuch — bu ko‘p sonli islohotchilar edi. Yaponiya rasman ular bilan aloqa olib bormagan, ammo bu ishni Fukuzava Yukichi, Goto Shojiro va boshqalar kabi oppozitsiya partiyalari, guruhlari boshliqlari orqali bajargan. Ularning taʼsiri ostida, islohotchilar partiyasi Meyji islohotlarining koreyscha ko‘rinishini amalga oshirish maqsadida 1884-yilning dekabr oyida davlat to‘ntarishi o‘tkazdi.
Yaponiya bu voqealardan, allaqachon Fransiya bilan munosabatlari yomonlashgan, Xitoy taʼsirini kuchsizlantirish yo‘lida foydalandi. Har doimgidek, u o‘zini, huddiki, Koreyaning to‘liq mustaqilligini taʼminlash yo‘lida harakat qilayotgandek tutdi. Vaziyatni tezlashtirish uchun yaponlar Koreyaga belgilangan kontributsiya miqdorini kamaytirishni vaʼda berishdi, ammo buning evaziga Seulda Xitoy kabi korxonalar ochish huquqi berilishini talab qilishdi.
Yaponiyaning Koreya ichki ishlariga faol aralashuvi yaponlarga qarshi kayfiyatni oshishiga olib keldi: xalq ko‘tarilib yapon elchixonasiga hujum qildi, bir necha zobit va askarlar o‘ldirildi, yapon savdogarlarining do‘konlari va uylari yo‘q qilindi. Mamlakatdagi tartib Xitoy qo‘shini tomonidan tiklandi, islohotchilar partiyasi boshliqlari Yapoiyaga qochishdi. Tez orada, u yerdan quruqlik qo‘shinining katta qismini o‘z ichiga olgan harbiy kemalar kuzatuvi ostida tashqi ishlar bo‘limi boshlig‘i — Inoue Kaoru boshchiligidagi katta elchilik missiyasi yetib keldi. Seulda kelishuv imzolandi, unga ko‘ra Koreya yaponlarni o‘ldirganlikda va ularning mol-mulkini talon-toroj qilganlikda ayblangan shaxslarni jazolash, 110 ming iyena miqdorida kontributsiya to‘lash, yapon elchixonasi qurilishiga yer maydoni ajratish, elchixona binosi va askarlar uchun qarorgoh qurishga mablag‘ ajratish majburiyatlarini oldi.
Manbalar
Oppozitsiya (lot. oppositio — qarama-qarshi qoʻyish) hukmron mafkura yoki hukumat siyosatiga qarshi chiquvchi va masalani boshqacha hal qilish yoʻlini, boshqacha siyosatni tak-lif etuvchi partiya yoki ijtimoiy guruh-larning umumiy nomi.
uz.wikipedia.org