Korejci




Koreyslar (oʻzlarini Choson saram — Choson mamlakati odamlari deb atashadi) — Koreyaning asosiy aholisi. KXDR da (22,5 mln. kishi), Koreya Respublikasida (44 mln. kishi), RF da (107 ming kishi), Xitoyda (1,86 mln. kishi), Yaponiyada (670 ming kishi), Oʻzbekistonda (183 ming kishi), Qozogʻistonda (103,3 ming kishi) yashaydilar. Umumiy soni 70,2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Koreys tilida soʻzlashadi. Mongoloid irqiga mansub. Dindorlari budda, konfutsiylik va xristian (presviterianlar) diniga eʼtiqod qiladi. K.ning ajdodlari kadim zamonlardan beri Koreya yarim orol hududida yashab kelmokda. K.ning shakllanishida 3 ta qabila guruhi (paleyeosiyo, oltoy, avstronez) qatnashgan. Bunda yetakchi rolni protooltoy qabilalari oʻynagan. Koreys qabilalarining l-ittifoqi — Choson 1-asrda vujudga kelgan. Bu aholining etnik tarkibiga katta taʼsir koʻrsatdi. Miloddan avvalgi 1-ming yillikning oʻrtalarida Manjuriyaning janubida va Koreyaning shim. da Choson davlati (oʻzlarini choson deb atashlari shundan) tashqil topdi. 10-asr boshlarida K. yagona xalq sifatida shakllangan. Ikkinchi jahon urushidan keyin koreys xalqi 2 qismga boʻlinib ketdi. Janubidagi K. va shim.dagi K. boshqa-boshqa tuzum yoʻlidan ketishdi. 1937— 38 yillarda sobiq shoʻrolar tuzumi zoʻravonlik bilan Rossiyaning Uzoq Sharq oʻlkasidan 74500 K.ni Oʻzbekiston hududiga koʻchirdi. Bunga asosiy sabab sobiq shoʻrolar ittifoqi bilan Yaponiya oʻrtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi edi. Oʻsha davrda Koreya ya. orol Yaponiya tomonidan bosib olingan boʻlib, tub koreys aholisi bilan Uzoq, Sharq hududidagi K. ning etnik kelib chiqishi bir edi. Oʻzbek xalqi K.ga nisbatan oʻzining yana mehmondoʻstligi va bagʻri kengligini koʻrsatdi. Ularni uyjoy, ish bilan taʼminladi, ularga maishiy xizmat, madaniy oʻchoqlar yaratdi, bolalarining oʻqishi, taʼlim olishi uchun maktablar ochdi. Asosiy mashgʻulotlari sholikorlik. Chorvachilik, baliqchilik, ipakchilik, hunarmandchilik bilan ham shugʻullanishadi.

Adabiyotlar




Koreyslar (Koreyscha — choson saram) — Koreyaning tub aholisi. KXDRda 24 million, Janubiy Koreyada 50-million. Umumiy soni 81-million kishi. Shuningdek, Rossiyada 108-ming, Oʻzbekistonda 184-ming, Qozogʻistonda 104-ming (1992) Koreyslar istiqomat qilishadilar.
Antropologik tarafidan Koreyslar mongoloid irqiga kiradi. Koreys tilida gaplashishadi.

Madaniyati



Koreyslarning milliy kiyimi, ayniqsa, oq matodan tikiladi. Erkaklar keng balaqli shim, nimcha, xalat, ayollari uzun beldamcha, qisqa kofta, dambal kiyadi. Milliy tasviriy sanʼati, arxitektura xotiralar. Koreyslarning milliy fol'klorlik ijodlari, xalq musiqalari, qadimgi afsonalari yaxshi saqlangan. Musiqa bilan raqs sanʼati yaxshi rivojlangan. Ulaning milliy asboblariga komungo, kayagim, fleyta, baraban kiradi.

Dini



Koreyslar buddizm diniga mansub xalq. Koreyslarning oz miqdori — xristian dinini qabul qilgan. 3 — 4 asrlarda Koreyaga budda dini keng avj olib, oʻrta asrlarda konfutsiychilik qattiq taʼsir qiladi. 19-asrlarda Koreyaga xristian dini ham kirdi, biroq u din keng avj ola olmadi

Qishloq xoʻjaligi



Koreyslarning milliy taomlari — achchiq tuzi oʻtkir baliq bilan koʻkat. Koʻrayslar qadimdan dehqonchilik bilan shugʻullanib kelganlar. Ayniqsa, guruch, arpa, tariq, sholi oʻsimliklari, mevali daraxtlar va koʻkatlar ekadi. Ipak qurtini parvarish qiladilar. Dengiz yiqasidan baliq ovi bilan shugʻullanadi. Kulolchilik, boltachilik, toʻqimachilik va kundalikka kerakli buyumlar yasash hunari yaxshi avj olgan.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Koreys tili (koreyscha: 한국어 [hangugŏ] yoki 조선말 [chosŏnmal]) Koreya yarim orolida so‘zlanadigan til bo‘lib, asosan Janubiy Koreya va Shimoliy Koreyada asosiy til hisoblanadi. Bu tilning o‘ziga xos grammatikasi, fonetikasi va so‘z boyligi mavjud.

Koreys tilining tarixi

Koreys tilining kelib chiqishi haqida hali aniq ilmiy fikrlar mavjud emas, lekin ko‘p olimlar uni altay turlari oilasiga kiruvchi til sifatida qaraydi. Koreys tili ming yillik tarixga ega bo‘lib, qadimiy Koreya qirolliklaridagi yozuv va adabiyotlarda ko‘plab izlari bor. Maktablar va rasmiy yozuvlarda ko‘proq XIX asrdan boshlab hozirgi alifboga o‘xshash uslubda yozilgan.

Alifbo va yozuv tizimi

Koreys tili uchun asosiy yozuv tizimi "Hangul" bo‘lib, u 1443-yilda Koreya qirolligi hukmdori Sejong buyurmasi bilan yaratilgan. Hangul alifbosi juda tizimli va o‘rganishga qulay bo‘lib, unda harflar tovushlarga asoslangan bo‘ladi. Hangulning kashf etilishi koreys tilining yuksalishni va madaniy rivojlanishni tezlashtirdi.

Grammatikasi

Koreys grammatikasi boshqa tillardan farq qiladi. Unda so‘zlar tartibi ko‘proq "SOV" (Subyekt-Obyekt-Fevt) shaklida bo‘lib, ya'ni fe’l gap oxirida keladi. Shuningdek, hurmat va odobga asoslangan til uslublari mavjud bo‘lib, bu tilni o‘rganishni biroz murakkablashtiradi.

So‘z boyligi va talaffuz

Koreys tilida juda ko‘p sino-koreys so‘zlari (Xitoycha-ildizli so‘zlar) mavjud, vaqt o‘tishi bilan milliy so‘zlar bilan birlashgan. Talaffuzda esa tovushlar aniq va tovushlar orasida farqlar bor; masalan, oshkoralik, urg‘u o‘ziga xosligi bor.

Zamonaviy ahamiyati

Hozirda koreys tili dunyoda millionlab odamlar tomonidan so‘zlanadi. Janubiy Koreyaning iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti (jumladan, K-pop, K-drama va texnologiya sohasi) tufayli xalqaro darajada o‘rganiladigan tillardan biriga aylandi.

Xulosa

Koreys tili o‘zining o‘ziga xos alifbosi, boy madaniyati va qiziqarli grammatikasi bilan o‘rganishga arzigulik til hisoblanadi. Agar siz Janubiy Koreya yoki Shimoliy Koreyaliklar bilan muloqot qilishni istasangiz yoki madaniyatiga qiziqsangiz, koreys tilini o‘rganish sizga katta yordam beradi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz