Kordova




Kordova — Argentinaning markaziy qismidagi shahar. Kordova provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,2 mln. kishidan ziyod (2001). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik, jumladan, transport mashinasozligi va metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1613), muzeylar, jumladan, botaniqa muzeyi, konservatoriya bor. Shaharga 1573-yilda asos solingan. 17—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz