Kordaitdoshlar




Kordaitdoshlar (Cordaitaceae) — ochiq urugʻli oʻsimliklar. Boʻyi baland (30 m cha), tanasi uchidan shoxlagan, bargi nashtarsimon, yirik (15—100 sm). Toʻpguli bir jinsli, bargaksimon. Hozir yoʻq boʻlib ketgan, qazilma holda karbon va perm davri qatlamlarida uchraydi. Oʻzbekiston hududidagi Qurama, Turkiston, Olay, Hisor, Qoramozor, Chatqol togʻlaridan 5 turi qazib olingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz