Kord




Kord (frans. Corde — arqon, chilvir) — 1) paxta va kimyoviy tolalardan tayyorlanadigan pishitilgan mustahkam ip. Rezina sanoatida yarim fabrikat sifatida ishlatiladigan buyumlar, avtokord, kordshnur va boshqa tayyorlashga ketadi. Paxta K.i — paxta tolasini yigirib, pishitib va arqoq ipli qilib toʻqilgan material. Sunʼiy (viskoza) K. — viskoza tolasidan tayyorlanadi; paxta K.ga nisbatan yupqa va yengil material. Issiqqa chidamli, lekin namlikka uncha chidamaydi. Kimyoviy (poliamid) K. — pishikligi, yupqaligi, mayinligi va issiqqa chidamliligi bilan paxta va viskoza K.idan ustun turadi. Uni olishdagi asosiy xom ashyo — kaprolaktam smolasi; 2) maxsus oʻrilish bilan toʻqilgan jun mato; oʻngida 3–8 mm kenglikdagi boʻylama yoʻllari (boʻrtmalari) boʻladi. Undan koʻylak, kostyum yoki palto tikiladi, eng ogʻir va dagʻali esa yengil avtomobillar oʻrindigʻiga jildlar tikish uchun ishlatiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz