KORATOYEVA LIDIYA NIKOLAYEVNA



KORATOYEVA LIDIYA NIKOLAYEVNA (1951.18.2, Oxunboboev tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1972). 1972 yildan Bo’z tumanidagi 22-, 37 – maktabda ona tili va adabiyoti o’qituvchisi; 1974 yildan Ulug’nor tumanidagi 14-maktabda direktor o’rinbosari, direktor, 1987 yildan ona tili va adabiyot o’qituvchisi. Koratoyeva maktabda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etib, o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirishga katta e’tibor beradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz