Ko`rare




Koʻrare (karibcha "koʻrari" soʻzidan) — chilibuxa va buddleyadoshlarga mansub (asosan, tropiklarda oʻsadigan) oʻsimliklar ekstraktini quyultirib olinadigan kuchli zahar. Tarkibida kurarin alkaloidlari bor. Qonga tushsa, nerv falajlanadi. Janubiy Amerikaning tub aholisi K.ni kamon uchini zaharlash uchun ishlatgan. K. yoki koʻraresimon moddalarni davo yoki tadqiqot maqsadida qoʻllash koʻrarizatsiya deyiladi. Tibbiyotda, asosan, sintez qilib olingan koʻraresimon moddalar qoʻllaniladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz