Kora




Kora (yun. kore — qiz) — uzun libosli tik turgan qiz haykali. K. qad. yunon sanʼatiga xos boʻlib, ilk bor ioniya haykaltaroshligida miloddan avvalgi 6-asrning 2-yarmida paydo boʻlgan. K. qiyofasida muhrlangan lahza va umumlashma shakl bilan nafis ishlov berilgan marmar sirti (soch turmagi, libosdagi burmalar) uygunlashgan. K.ning ayrim boʻlaklari (koʻz, kiyim) koʻpincha boʻyalgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz