Ko`prin Aleksandr Ivanovich




Aleksandr Ivanovich Koʻprin [1870.26.8(7.9), Varovchat shahri — 1938.25.8, Leningrad] — rus yozuvchisi. Dastlabki asarlarida kambagʻallar hayotini, kishilarning ogʻir turmush tarzini realistik tasvirlagan ("Ofat" qissasi, 1896). Ijodida ijtimoiy-tanqidiy kayfiyatlarning kuchayishi "Yakkama-yakka olishuv" (1905), "Oʻra" (1909—15) qissalarida aks etgan. Nafis ifodalangan obrazlarning xilma-xilligi, lirik holatlari "Olesya" (1898), "Gambrinus" (1907), "Yoqut koʻzli bilagoʻzuk" (1911) kabi qissa va hikoyalarida mujassamlashgan. "Listrigonlar" ocherklar turku mi (1907— 11) bor. 1919—37 yillarda muhojirlikda (asosan, Parijda) yashab, "Yunkerdar" (1928-32), "Janeta" (193233) qissalarini, bir qancha ocherk va hikoyalarni yaratdi. Ularning koʻpchiligi esdaliklar asosida yozilgan. Uning koʻpgiva asarlari boʻyicha ssenariylar yozilib, ekranlashtirilgan. Asarlari chet tillarga, shu jumladan, oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz