KO’PRIK KRAN
KO’PRIK KRAN — tayanch yoki osma ko’prik ko’rinishida quriladigan ko’tarish krani. Bunda binoning ikki yonidagi baland tayanchlar yoki alohida tayanchlardagi relsda harakatlanuvchi gorizontal balka-ko’prik o’rnatiladi. Ko’prik ustidagi relsda esa kran harakatlanadi. Ko’prik kranlar, odatda, 500 tonnagacha yuk ko’taradi. Zavod va fabrikalarda, qurilishda, temir yo’lda, metro qurilishida ishlatiladi. Masalan, hozir Toshkentdagi metro stansiyalarini qurishda Ko’prik krandan foydalanilmoqda.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz