Ko'pettog' etagida




„Koʻpettogʻ etagida“ (turkmancha: Köpetdagyñ eteginde) — turkman yozuvchisi Ota Kovshutov qalamiga mansub roman. Asarda turkman ovulidagi hayot haqida soʻz yuritiladi. Romanni turkman tilidan oʻzbek tiliga Yoʻldosh Doʻsimov tarjima qilgan.

Oʻzbekcha tarjima



Romanni turkman tilidan oʻzbek tiliga Yoʻldosh Doʻsimov „Turkmendovletneshir“ning 1956-yilgi nashridan qisqartirib tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1960-yil Toshkent shahrida OʻzSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Islomov – muharrir, K. Pechurichko – rassom, G. Ostapenko – rasmlar muharriri, L. Ilina – texnik muharrir, N. Ahrorova – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz