Kopeni chaatasi




Kopeni chaatasi (haqascha chaatas — jang toshi) — haqaslarning ajdodi Yenisey qirgʻizlarining mozorqoʻrgʻoni (7—8-asrlar). Yeniseyning soʻl sohili, Haqasiya (RF)dagi Kopeni qishlogʻi yaqinidan topilgan. Koyatosh boʻlaqlaridan ishlangan, diametri 20– 30 m keladigan bir qator qoʻrgʻonlardan tashqil topgan. Ularda qabila zodagonlari dafn etilgan; tevarak-atrofida oddiy qabila aʼzolarining qabrlari joylashgan. 1939—40 yillarda L.A.Yevtyuxova va S.V.Kiselev kazishma ishlari olib borganlar. Mayyitlar kuydirib dafn etilgan; qabrlar qad. zamonlarda va 18-asr boshida gʻorat qilinib talangan. Biroq qazishmalar paytida qabrlar yonidan xufiya joylar aniqlanib ulardan ajoyib sanʼat asarlari, jumladan, oltin idish, kumush tovoqda turgan 4 ta oltin koʻza, ot egarining ov manzarasi aks ettirilgan jez toʻqachalari topilgan. 2 oltin koʻzada qad. urxun-yenisey alifbosida bitilgan yozuvlar boʻlib, unga koʻra koʻzalar fuqarolarning bekka toʻlagan soliklari oʻrnini bosgan. K.Ch. buyumlari qad. mahalliy anʼanalar asosida mahalliy ustalar tomonidan yaratilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz