Ko`pala Yanka




Koʻpala Yanka (taxallusi; asl ismi Ivan Dominikovich Lutsevich) [1882.25.6(7.7), Vyazinka, hozirgi Minsk viloyati Molodechnensk tumani — 1942.28.6, Moskva] — Belorus xalq shoiri (1925), akademik (1928). Zavonaviy belorus adabiyoti asoschilaridan. Ijodi 1905-yildan boshlangan. "Vay" (1908), "Cholgʻuchi" (1910), "Hayot yoʻlidan" (1913) sheʼriy toʻplamlari, "Mangu qoʻshiq" (1908), "Qoʻrgʻondagi tush" (1910), "Arslonning kabri" (1913) dostonlari belorus adabiyotida muhim ahamiyat kasb etgan. "Nomsiz" (1924), "Bayram kayfiyatlaridan" (1927) sheʼriy toʻplamlari, "Odessa daryosi oʻzra" (1933), "Chin yurakdan" (1940) dostonlari va boshqa asarlar muallifi. K. sheʼriyati badiiy sodda va hayotiy. "Pavlinka" (1912), "Boʻzilgan uya" (1913) pyesalari belorus realistik dramaturgiyasi va millim teatr sanʼati rivojiga samarali taʼsir koʻrsatgan. K. ukrain xalqi tarixi, folklori va adabiyotini yaxshi bilgan. 1928, 1932 —1939-yil lar Ukrainada yashagan. T. Shevchenkoga bagʻishlab asarlar yozgan ("Tarasning qismati", 1939). Minskda K. nomida muzey (1945) bor, unga haykal oʻrnatilgan (1949). "Bola va uchuvchi" (1953), "Erk qoʻshigʻi" (1983) sheʼriy kitoblari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz