Konveksiya




Konveksiya (lotincha: convectio — keltirish, eltib berish) — 1) suyuqlik, gaz va sochiluvchan muhitlarda shu muhitdagi modda oqimi orqali issiqlikning koʻchishi. Tabiiy (erkin) va majburiy xillari mavjud. Tabiiy K. ogʻirlik kuchi maydonidagi oquvchi yoki sochiluvchan moddalar notekis qizdirilganda vujudga keladi. Kuchliroq qizdirilgan moddaning zichligi kamroq boʻladi va Arximed kuchi GʻL = Dr- V taʼsirida kamroq qizdirilgan moddaga nisbatan koʻchadi, bu yerda Dr — qizdirilgan modda va atrof muhit zichliklari farqi, V — qizdirilgan modda hajmi. K. yoʻnalishi ogʻirlik kuchi yoʻnalishiga teskari boʻladi. K. modda temperaturasini tenglashtirishga olib keladi. Majburiy K.da modda koʻchishi, asosan, biror qurilma (nasos, aralashtirgich va boshqalar) taʼsirida sodir boʻladi. Bu yerda issiqlik koʻchishi jadalligi faqat yuqorida aytilgan omillarga emas, balki moddaning majburiy harakati tezligiga ham bogʻliq; 2) atmosfera qatlamida havo almashinishi. K. tufayli momoqaldiroq roʻy berishi, sel, doʻl yogʻishi mumkin. Baʼzan, atmosfera fronti (oqimi) boʻlib, issiq va sovuq havo qatlami koʻchadi, pastdan yuqoriga issiq havo koʻtariladi va har 100 m balandlikka koʻtarilganda 1° soviydi, lekin kondensatlanish, inversiya tufayli havo juda baland koʻtarilishi mumkin emas. Termik K. yoz kunlari quruqlikda, qish kunlari esa dengiz sirtida hosil boʻladi; 3) zaryadlangan jism bilan birga zaryad koʻchishi. Atmosferada havo massasi yoki bu-lutlar elektr zaryadini koʻchiradi, bunda hosil boʻlgan tok K. toki deyiladi; 4) koʻl, dengiz yoki okeanlarda suvning vertikal harakati. Bunday K. suv temperaturasi yoki shoʻrligining oʻzgarishi suv zichligining oʻzgarishiga olib keladi. K. tufayli suvning fizik va kimyoviy tafsilotlari muvozanatlashib turadi, suvning pastki katlamlarida, shuningdek, qish oylarida okeanlar sohillarida ob-havo issiqroq boʻladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Konveksiya — bu issiqlik yoki moddaning issiqroq joydan sovuqroq joyga oqib o‘tishi jarayoni bo‘lib, u suyuqliklar yoki gazlarda yuzaga keladi. Konveksiya jarayonida issiqlikning uzatilishi moddalar molekulalarining harakatlanishi orqali amalga oshadi va bu harakat natijasida issiqlik hamda moddaning o‘zi bir joydan boshqasiga ko‘chadi.

Konveksiya turlari

  1. Tabiiy konveksiya: Bu holatda suyuqlik yoki gazning harorati o‘zgarishi natijasida uning zichligi o‘zgaradi va og‘irlik kuchi ta'sirida harakat yuzaga keladi. Masalan, issiq havo ko‘tarilib, sovuq havo pastga tushadi; shu tariqa harorat muvozanati saqlanadi. Bu jarayon qozonda suv qaynaganda yoki xona havosi isitilganda kuzatiladi.

  2. Majburiy konveksiya: Bu turda suyuqlik yoki gazning harakati tashqi kuch (masalan, fan, nasos, shamol) yordamida ta'minlanadi. Masalan, radiatorda isitish vaqtida fan yordamida issiq havo xona bo‘ylab tarqatiladi.

Konveksiyaning ahamiyati

Qisqasi

Konveksiya — issiqlik va moddaning suyuqlik yoki gazlarda harakatlanishi orqali o‘zgarishi jarayoni bo‘lib, u tabiiy va majburiy ravishda sodir bo‘ladi va turli sanoat hamda tabiiy jarayonlarda muhim o‘rin tutadi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz