Konus nurli (Panoramik) kompyuter tomografiya
Konus nurli kompyuter tomografiyasi (yoki (KNKT), shuningdek,
C-arm CT ,
konusning nurli hajmli KT ,
tekis panelli KT yoki
Digital Volume Tomography (DVT) deb ham ataladi) rentgen nurlari konus hosil qilib tarqaladigan rentgen kompyuter tomografiyasidan iborat tibbiy tasvirlash usulidir.
KNKT implant stomatologiya, otolaringologiya, ortopediya va interventsion radiologiyada (IR) va boshqa yo'nalishlarda davolashni rejalashtirish va tashxislashda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday texnologiyalarning qo'llansh imkoniyati ortib borayotganligi sababli, KNKT skanerlari stomatologiyada, masalan, og'iz jarrohligi, endodontiya va ortodontiya sohalarida keng foydalanilmoqda. shuningdek integratsiyalashgan KNKT vizual nazorat ostidagi radiatsion davolashda bemorning joylashishini aniqlash va tekshirish uchun muhim vositadir.
Tish/ortodontik tasvirlash vaqtida KNKT skaner bemorning boshi atrofida aylanadi va 600 ga yaqin aniq tasvirlarni oladi. Interventsion radiologiya tekshirilayotgan soha konusning ko'rish maydoniga to'g'ri kelishi uchun bemor stolga siljigan holda joylashtiriladi. Tekshirilayotgan soha bo'ylab 200 daraja burchak ostida bir aylanishida hajmli ma'lumotlar to'plamini oladi. Skanerlash dasturi maxsus dasturiy ta'minot yordamida manipulyatsiya va vizualizatsiya qilish mumkin bo'lgan anatomik ma'lumotlarning uch o'lchovli voksellaridan tashkil topgan raqamli hajmni ishlab chiqargan hoolda ma'lumotlarni to'playdi va uni qayta tiklaydi. KNKT an'anaviy (yelpig'ich nuri) KT bilan juda ko'p o'xshashliklarga ega, ammo muhim farqlar mavjud, ayniqsa rekonstruksiyada. KNKT og'iz va jag'-yuz sohasini tasvirlash uchun oltin standart sifatida tavsiflangan.
Tarix
Og'iz bo'shlig'i va jag'-yuz radiologiya
1990-yillarning oxirida yaponiyalik doktor Yoshinoro Arai va italiyalik doktor Piero Mozzo bir-biridan mustaqil ravishda og'iz bo'shlig'i va jag'-yuz radiologiyasi uchun konus nurli kompyuter texnologiyasini ishlab chiqdilar. Birinchi tijoriy tizim (NewTom 9000) Italiyaning Quantitative Radiology kompaniyasi tomonidan Yevropa bozorida 1996 yilda va AQSh bozoriga 2001 yilda kiritilgan.
Radioterapiya
Chiziqli tezlatgichni davolash apparatiga biriktirilgan kilovotli rentgen nurlari (davolash maqsadlaridan ko'ra diagnostikada ko'proq foydalaniladi) yordamida konus nurli KTni birinchi marta 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida ishlab chiqilgan. Shundan keyin bunday tizimlar so'nggi avlod cihiziqli tezlatkichlari keng tarqaldi. 2010-yillarning oxirida KNKT ham zarrachalar bilan davolashni yetkazib berish tizimlariga aylana boshladi.
Yana qarang
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Andoza:Medical imaging
uz.wikipedia.org