KONTRREFORMATSIYA



KONTRREFORMATSIYA – 16-17 asrlar o’rtasida Yevropada papalar boshchiligida reformatsiyaga qarshi qaratilgan diniy-siyosiy harakat. Kontrreformatsiya dasturining asosini Trident sobori (1545— 63) qarorlari tashkil etadi. Sobor tomonidan tasdiqlangan aqidalar va qonunlarga zarracha shak keltirish bid’at qisoblangan. Asosan inkvizisiya yordamida amalga oshirilgan. Kontrreformatsiyani monaxlik ordenlari qo’llab-quvvatlab turgan. Bu harakat 2-asrdan ko’proq davom etgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz