Kontraktura




Kontraktura (lot. contractura — tortish, tortishish), changak — boʻgʻim harakatining vaqtincha yoki butunlay cheklanishi. Boʻgʻimning yozilmay yoki bukilmay qolishi K.ning asosiy koʻrinishlaridandir. Boshqa harakatlar (mas, aylanma va yon tomonga — oʻngga yoki chapga) ham cheklanishi kuzatiladi. K. tugʻma boʻlishi mumkin, bu rivojlanish nuqsonlari bilan bogʻlangan boʻlib, tuzalmaydi va muayyan aʼzo shakli oʻzgarganicha qoladi, mas, maymoq oyoq. Orttirilgan K., koʻpincha, boʻgʻimning shikastlanishi yoki kasalligi, kuyishdan hosil boʻlgan chandiklarning tortishishi, muskullarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Bosh miya shikastlanishi (mas, insult)da ham K. sodir boʻladi, bunda muskullarni harakatga keltiruvchi nervlar falajlanadi (yana qarang Akashak).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz