Kontrabanda




Kontrabanda (kontr... va ital. bando — hukumat farmoni) — mamlakatga olib kelish va olib ketish taqiklangan tovarlar, qimmatbaho buyumlar, valyuta boyliklari va boshqalarni davlat chegarasidan qonunga xilof (yashirincha) usullarda oʻtkazish, shuningdek, taqiqlangan mollarni olib oʻtish uchun noqonuniy harakatlar qilish. Bojxonadan oʻtkazilmagan, xususan, bojxona nazoratidan tashqari yashirincha, topish qiyin boʻlgan vositalar orqali yoki hujjatlar (deklaratsiya)da koʻrsatilmagan mollar nokrnuniy olib oʻtilgan hisoblanadi. Bunday noqonuniy oʻtkaziladigan molmulkning oʻzi ham K. deyiladi. K. qonun bilan jazolanadi. Xalqaro qonunlarga koʻra, K. tovarlari musodara qilinadi, aybdorlar jarima toʻlaydi yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz