KONTE (CONTE) LANSANA
KONTE (CONTE) LANSANA (1930, Dubreka viloyatining Mussayya qishlog’i) — Gvineya Respublikasi davlat arbobi. General. Kot-D’ Ivuar, Senegal, Gvineya, Frantsiya harbiy o’quv yurtlarida o’qigan. 1955-58 yillarda Frantsiya armiyasida, 1959 yildan Gvineya armiyasida xizmat qilgan. 1975 yildan quruqlikdagi qo’shinlar shtabi boshlig’i. 1984 yil 3 apreldagi davlat to’ntarishidan keyin milliy tiklanish harbiy komitet raisi, 5 apreldan Gvineya Respublikasi Prezidenti. 1984 yil dekabrdan ayni vaqtda Gvineya hukumati boshlig’i va qurolli kuchlar bosh qo’mondoni.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz