Kont Ogyust




KONT (Comte) Ogyust (1798.19.1, Monpelye — 1857.5.9, Parij) — fransuz faylasufi, pozitivizmning asosiy vakili. Sen-Simonta kotiblik qilgan (1817—22). Tarix va sotsiologiyaga oid qarashlari Sen-Simonning kuchli taʼsirida boʻlgan. K. har qanday metafizikani rad etgan. Pozitivizmga empirizm bilan mistitsizm orasidagi oʻrta yoʻl sifatida qaragan. K. fikricha, fan mohiyatni emas, faqat hodisani biladi. Jamiyat taraqqiyotini belgilovchi insoniyat aqlzakovati evolyusiyasining 3 bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv yoki ilmiy) nazariyasini ilgari surdi. Fanlar tasnifini ishlab chiqdi. K. "sotsiologiya" tushunchasini ilk bor fanga kiritdi, u tufayli sotsiologiya muayyan ilmiy tizimdan joy oldi. K. ga koʻra, kishilik jamiyatini tashqil etish sotsiologiyaning amaliy maqsadi hisoblanadi. Asosiy asarlari: "Pozitiv falsafa kursi" (1—6-jildlar, 1830—42), "Pozitiv siyosat tizimi" (1—4 jiddlar, 1851—54).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz