Konstitutsiyasi mahallasi (Toshkent)




Konstitutsiya“ mahallasi (Mirshoxid Miroqilov koʻchasi, 43) — Yakkasaroy tumanidagi mahalla. „Turkiston“, "Bobur", „Tepa“, „Yunus Rajabiy“ mahallalari bilan chegaradosh. Mahalla 1920-yillarda „Guberbogʻ“, „Rakat“, „Turkiston“ kabi nomlar bilan atalgan, keyinchalik „Konstitutsiya“ nomi berilgan (1991).

Aholisi 3100 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida Toshkent pedagogika universiteti, "Oʻzqurilish materiallari", "Oʻzyengilsanoat" aksiyadorlik kompaniyalari, Bobur nomidagi nadaniyat va istirohat bogʻi, akademik litsey, 2 ta restoran, 2 ta oziq-ovqat doʻkoni, 10 dan ortiq oshxona bor.

Mahalla guzarida Ramz Bobojon nomi bilan ataluvchi kutubxona ochilgan (2003).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz