Konstantin Slivitskiy
Konstantin Ivanovich Slivitskiy (1870- 1942-yillarda yashab oʻtgan) – Kushka qal’asi shtab boshligʻi (1905-yil), kapitani. Turkistonda sovet hokimiyatini agʻdarishga urinishlarni bostirishda muhim rol oʻynagan. Kushka qalʼasi garnizoni askar deputatlari kengashi raisi. Sovet Ittifoqining Аfgʻonistondagi birinchi norasmiy vakili.
Biografiyasi
Konstantin Ivanovich Slivitskiy Aleksandr maktabini
tugatgandan soʻng, Kushkaga xizmat qilish uchun yuborilgan. 1905-yildan qal’a shtab boshligʻi sifatida faoliyatini boshlagan. Konstantin Slivitskiy oʻsha paytda Kushkada Oʻrta Osiyodagi eng qudratli ,,Spark” radiostansiyasiga asos solganlardan hisoblangan.
1917-yilda Konstantin Askarlar deputatlari kengashining raisi etib saylangan. Qizillar tarafidan fuqarolar urushi qatnashchisi. 1918-yilda uning qoʻmondonligidagi qal’a garnizoni bolsheviklarga qarshi kuchlarning qamaliga dosh bergan. Konstantin Ivanovich rahbarligida Afgʻoniston uchun radiorazvedka va kontrrazvedka tashkil etilgan.
Konstantin Slivitskiy 1920-yil avgust oyidan 1921-yil mart oyigacha oilasi bilan sovet vakili sifatida Afgʻonistonning Kobulda istiqomat qilgan. Keyinchalik esa Toshkentdagi Ijroiya komissarligi boʻlimiga oʻtkazilgan.
Konstantin Ivanovich Slivitskiy 1942-yilning noyabrida miyaga qon quyilishi natijasida Toshkentda vafot etgan va shaharning Botkin qabristoniga dafn qilingan.
Oilasi
K. I. Slivitskiyning oʻgʻli — Konstantin Slivitskiy (1906-1983-yil 23-avgust) taniqli Toshkent qisqa toʻlqinli radio havaskori edi.
Adabiyotlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org