Konstantin Novikov
Konstantin Petrovich Novikov (21.09.1961, Toshkent, Oʻzbekiston — 2015.15.6, Olmaota, Qozogʻiston) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi, oʻzbek murabbiyi. SSSR sport ustasi.
Futbol bilan 10 yoshidanoq Toshkentdagi respublika sport maktab-internatida shugʻullana boshlagan. U SSSR yoshlar terma jamoasida murabbiy Boris Ignatiyev boshchiligida oʻynagan. 17 yoshdan boshlab „Paxtakor“ning dublida ishtirok etgan. 1979-yilda Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlari Spartakiadasi ishtirokchisi (9-oʻrin).
1978-1984-yillarda „Paxtakor“ tarkibida oliy ligada 108 oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan. Jizzaxning „Zvezda“ (1985), Xonqaning „Xonqaliklar“ (1987-1988), Urganchning „Jayhun“ (1989), Buxoroning „Nurafshon“ klublari tarkibida SSR chempionatining quyi ligalarida oʻynagan. Oʻzbekiston chempionatida 1992-yili „Soʻgʻdiyona“ safida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. Petrovich 1992/93-yilgi mavsumda Vengriyaning „Solnoki-MAV-MTE“ klubida oʻynab, faoliyatini yakunlagan.
Shahrixonning „Shahrixonliklar“, Chirchiqning „Kimyogar“ va Urganchning „Xorazm“ jamoalarida bosh murabbiy, Toshkentning „Chilonzor“, „Doʻstlik“ jamoalarida ikkinchi murabbiy, „Paxtakor“ning dublyorida murabbiylik vazifalarini bajargan. Buxoroning „Nurafshon“, Qarshining „Nasaf“ jamoalariga ham ustozlik qilgan.
2002-yildan Qaragʻandada yashagan.
U 2015-yil 15-iyun kuni 53 yoshida Olmaota shahrida toʻsatdan yurak xurujidan vafot etgan. Toshkentda dafn etilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org