Konstantin Menshov




Konstantin Aleksandrovich Menshov (ruscha: Константин Александрович Меньшов; 1983-yil 23-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. 2014-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2015-yil oʻtkazilgan Finlandia Trophy turniri gʻolibi, Nebelhorn Trophy musobaqasining ikki karra (2010, 2012) kumush medali sovrindori, NRW Trophy turnirining ikki karra (2007, 2012) chempioni va 2011-yil boʻlib oʻtgan Rossiya milliy chempionatining oltin medal sohibi.

Faoliyati



Menshovga ilk marta Galina Kashina murabbiylik qilgan. Keyinchalik Sankt-Peterburgda Yevgeniy Rukavitsin murabbiyligida mashq qildi.

Menshov 2010-yilgi Nebelhorn Trophy turnirida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2011-yilgi Rossiya chempionatida qisqa va erkin dasturda birinchi oʻrinni egallab, oltin medal sohibi boʻlgan. Menshov oʻzining ilk Yevropa chempionatida 7-oʻrindan joy olgan.

Menshov 2012—2013-yilgi mavsumda Nebelhorn Trophy turnirida yana bir kumush medalni qoʻlga kiritgan. U Gran-pri musobaqalarining 2012 Skate America va 2012 Rostelecom Cup bosqichlarida 4-oʻrinni egallab, oldingi natijalarini yaxshilagan. Menshov 2012 NRW Trophy musobaqasida 238,63 ball bilan Michal Březinani 26 ochkoga ortda qoldirib, kumush medal sohibi boʻlgan. U 2013-yilgi Rossiya chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan, ammo 2013-yilgi Yevropa chempionati uchun Rossiya terma jamoasiga kiritilmagan.  Menshov 2013-yilgi jamolalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashib, eng yaxshi ball (80,60) bilan qisqa dasturda uchinchi oʻrinni egallagan. Erkin dasturda qatnashayotib oʻng yelkasini chiqarib olgan va musobaqani tark etgan.

Menshov 2013—2014-yilgi mavsumda 2013 NHK Trophy musobaqasida 8-oʻrinni va 2013 Rostelecom Cup turnirida 4-oʻrinni egallagan. 30 yoshida Budapeshtda boʻlib oʻtgan 2014-yilgiYevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Menshov 2014—2015-yilgi Gran-pri musobaqasining 2014 Skate Canada International bosqichida beshinchi va 2014 Trophée Eric Bompard bosqichida toʻrtinchi oʻrindan joy olgan. Menshov 2014 Nebelhorn Trophy va Zagrebning Oltin Konkisi musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritganidan soʻng, 2014 — 2015 ISU Challenger Series musobaqasida qatnashib, turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallagan.

Dasturlari




Natijalari



GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz