Konstantin Gerasimovich Titov




Konstantin Gerasimovich Titov (1898.21.5, Gomel viloyati, Belorussiya — 1970.21.8, Toshkent) — pediatr, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1955), tibbiyot fanlari doktori (1939), professor (1941). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1944). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgach (1928), shu universitetda ordinator (1928—30), assistent (1930—34), dotsent (1934—38), Toshkent toʻqimachilik fabrikasiga kdrashli bolalar kasalxonasida (1938—40), Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash va sanitariya fakulteti bolalar klinikasida kafedra mudiri (1940—68), Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot institutida ilmiy rahbar (1968—70). Asosiy ilmiy ishlari bolalar kasalliklari, ularning oldini olish va davolashga oid.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz