Konstantin Bakanov
Konstantin Aleksandrovich Bakanov (1954-yil 25-may, Toshkent – 1979-yil 11-avgust, Dneprodzerjinsk) – sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, hujumchi, yarimhimoyachi pozitsiyalarida oʻynagan.
Faoliyati
Toshkentda futbol toʻgaragida futbol oʻynay boshlagan. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin uni Moskvaga yuborishdi va YFM (Yoshlar futbol maktabi)da ikki yil tahsil oldi. Birinchi murabbiyi Akmal Azizxoʻjayev hisoblanadi. Moskvaning „Dinamo“ futbol maktabiga borishdan bosh tortgan va 1971-yilda "Paxtakor"ning dubliga erishgan. 1972-yilda u birinchi ligada ikkita oʻyin oʻtkazgan, ammo jiddiy jarohat olgan va 1973—1975-yillarda oliy ligada oʻynamagan. 1976—1977-yillarda birinchi ligada 72 ta oʻyinda 17 ta gol urgan. 1978—1979-yillarda Oliy ligada 42 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urgan. AMSK (Armiya markaziy sport klubi) tomonidan taklif qilingan.
1979-yil 11-avgustda Dneprodzerjinsk osmonida samolyot halokatida „Paxtakor“ klubining boshqa aʼzolari bilan birga vafot etgan.
Ukasi Boris ham futbolchi boʻlgan. Oʻgʻli Sergey (1978-yilda tugʻilgan) 1996—2009-yillarda Oʻzbekiston chempionatida oʻynagan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org