Konstantin Aleksyutovich




Konstantin Aleksyutovich (1884-yil 20-may, Minsk gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 1943-yil 26-fevral, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – belarus xoreografi, baletmeysteri.

Biografiyasi



Konstantin Aleksyutovich 1884-yil 20-may kuni Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Minsk gubernatorligida tugʻilgan. U 1906-yil Sankt Peterburg teatr maktabini tamomlagan. Konstantin Aleksyutovich 1920-yilda Minsk balet truppasini tashkil qildi. U 1930-yildan 1937-yilgacha Belarus yosh tomoshabinlar teatri xoreografi, 1937-yildan 1941-yilgacha Belarus xalq qoʻshiqlari va raqslari ansambli bosh xoreografi sifatida ishladi. Konstantin Aleksyutovich Ikkinchi jahon urushi paytida Samarqandga keldi. U Samarqanddagi oʻzbek musiqa va drama teatrida baletmeyster boʻlib ishladi.

Faoliyati



U Samarqandga kelganidan soʻng ham, belarus xalqi milliyligini, sanʼatini targʻib qilishda davom etdi. U belarus xalqining raqslarini Samarqand oʻzbek musiqa va drama teatrida sahnalashtirdi. Bunga misol qilib, „Kartoshka raqsi“, „Liyavoxina“, „Nikita“, „Blizzard“ va boshqalarni misol keltirish mumkin.

Liyavoxina raqsi



Konstantin Aleksyutovich tomonidan 1940-yil Moskva davlat drama teatrida namoyish qilingan. Uning „Liyavoxina“ raqsi haqida rus sanʼat arbobi Galavanov quyidagicha fikr bildiradi:

Bulba raqsi



Dastavval belarus xalq raqslari orasida „Bulba raqsi“ yoʻq edi. Keyin 1926-yili Konstantin Aleksyutovich belarus raqslari koʻrib, musiqalarini eshitib yurib, oʻzi mustaqil „Bulba raqsi“ni yaratdi. U ushbu raqsni yaratguncha, har bir harakatlarga eʼtibor berganligi uchun, hozirda „Bulba raqsi“ni belarus xalq raqslari qatoriga qoʻshilgan.

Konstantin Aleksyutovich 1943-yil 26-fevral kuni Samarqand shahrida vafot etdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz