KONSORTSIYA



KONSORTSIYA (lotincha concortium — jamoa) — avtotrof va geterotrof organizmlarni Topik va trofik (oziq) bog’lanish asosida birlashtiradigan biosenozning strukturaviy birligi. Alohida olingan daraxt (daraxtlar guruhi) Konsortsiyaga misol bo’ladi. Edifikator (biosenozda asosiy o’rin tutadigan turlar) — o’simliklar bilan fitofaglar va ularning parazitlari, mikoriza zamburug’lari, epifitlar va in quruvchi qushlar o’zaro bog’langan. Konsortsiya haqidagi tushunchalar 20-asrning 50-yillari boshlarida rus olimlari V.N.Beklemishev va L.G.Ramenskiylar tomonidan shakllantirilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz