Konsertino




Konsertino (ital. concertino — kichik konsert) — 1) yakkanavoz cholgʻuchi va orkestrga moʻljallangan musiqa asari; konsertga nisbatan shaklan kichik, baʼzan simfonik orkestr oʻrniga kamer orkestr ishlatiladi (mas, B.Giyenkoning fortepiano va kamer orkestr uchun "Masharabozlar" asari); 2) dam-li-klavishli musiqa cholgʻusi, tayyor akkordlarsiz xromatik tovushqatorli, 6 yoki 8 qirrali garmon; konsertina deb ham ataladi. 19-asrning 1-yarmida ingliz fizik olimi Ch. Uitston kashf etgan. Pikollodan - kontrabasgacha 6 turi mavjud. Yakka tarzda va ansambl tarkibida ishlatiladi. Angliya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Unda kompozitor asarlari hamda xalq qoʻshiq va kuylari ijro etiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz