Konsepsion




Konsepson — Chilining markaziy qismidagi shahar. Bio-Bio viloyatining maʼmuriy markazi. Temir yoʻl tuguni. Tinch okean sohilidagi port. Aholisi 362,6 ming kishi (1997). Mamlakatning muhim transport-iqtisodiy markazi. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, toʻqimachilik (ip gazlama, jun gazlama), oziq-ovqat (jumladan, un tortish, shakarqand, konserva) sanoatlari rivojlangan. Konsepson yaqinidan toshkoʻmir olinadi, metallurgiya zavodi qurilgan. Universitet bor. Shaharga 1550-yilda asos so-lingan. 1960-yilgi zilzilada vayron boʻlgan, keyinchalik qayta tiklangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz