Konsentrlangan o'g'itlar




Konsentrlangan oʻgʻitlar -tarkibida 45 —64%gacha oziq moddalari boʻlgan oddiy yoki koʻp komponentli oʻgʻitlar. Donador oʻgʻit asosida ishlab chiqariladi. Oddiy K.oʻ.ga quyidagilar kiradi: ammoniy nitrat, karbamid, suvsiz ammiak, ikkilamchi superfosfat, pretsipitat, kaliy xlorid, kaliy sulfat; koʻp komponentlilarga ammoniy fosfatlar (ammofos, diammofos), nitrofos, kaliy va ammoniy metafos-fat (qarang Metafosfatlar), ammoniy polifosfat (polifosfatlar), kaliyli selitra va boshqa kiradi. K.oʻ. dehqonchilikda har xil tuproqlar va hamma turdagi ekinlar uchun asosiy oʻgʻitlar sifatida va ekinni oziqlashtirishda qoʻllanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz