Konov Sergey
Konov Sergey Pavlovich (1948-yil 28-fevral, Toshkent) – sovet suzuvchisi, rossiyalik murabbiy. 1968-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, 1970-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori.
Hayoti
Konov Sergey Pavlovich 1948-yil 28-fevralda Toshkentda tugʻilgan.
U „Toshkent mehnat“, „SKA“, „Zenit“ jamoalari safida suzish musobaqalarida qatnashgan. A. Shvartsman qoʻl ostida shugʻullanib yurgan.
1968-yilda u Mexiko shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida SSSR terma jamoasi safida ishtirok etgan. 100 metr masofaga batterflyay usulida chorak finalda 1 daqiqa 0,8 soniya natija koʻrsatib, yarim finalga 3-oʻrinda chiqqan kanadalik Ron Jeksga 3-chi oʻrinni boy berib, 4-oʻrin bilan kifoyalangan. 200 metr masofaga batterflyay usulida suzishda esa 2,13,1 ball bilan yarim finalda 4-oʻrinni egallagan hamda eng yomon finalchi shvetsiyalik Peter Feylga 1,2 soniya yutqazgan.
1970-yilda u Barselonada boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha Yevropa chempionatida 4x100 metrga aralash estafetada bronza medalini qoʻlga kiritgan. oʻsha vaqtda SSSR terma jamoasida Viktor Krasko, Nikolay Pankin, Vladimir Nemshilov va Leonid Ilyichev ham bor boʻlgan. Konov esa final bahsida ishtirok etmagan.
Konov Sergey Pavlovich 1975-yilda suzish faoliyatini toʻxtatgan. U fan va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanib fan nomzodi, dotsent, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti suzish kafedrasi mudiri boʻlgan
2001-yil yanvar oyidan 2008-yil avgust oyigacha Aleksey Karpov bilan birgalikda suzish boʻyicha Rossiya yoshlar terma jamoasiga murabbiylik qilgan.
Konov Sergey Pavlovich hozirgi vaqtda Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida yashaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org