Konotop hujjatlari
Konotop hujjatlari — Konotop yaqinidagi Kazak Dibrova qishlogʻining Kazaklar Radasida tuzilgan bitim. Ukrainaning chap qirgʻogʻidagi kazak jamoalari va Rossiya qirolligi hukumati oʻrtasida 1672- yil 17-iyunda imzolangan. U Getmanat va rus podshosi Aleksey Mixaylovich oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solgan.
Tarixi
Konotop hujjatlariga 1672-yil martdagi Baturinskiy toʻntarishi ortidan Ivan Samoylovichning Baturindagi Oqsoqollar kengashida kazak polki regimantari — qoʻmondoni deb eʼlon qilinishi sabab boʻldi. Shuningdek, u Ukrainaning chap qirgʻogʻi hududlari getmani etib saylangan hamda 1669-yilgi Gluxov hujjatlaridagi bandlar qonuniyligi tasdiqlangan edi.
Shartnoma mazmuni
Shartnoma rasman ikki qismdan iborat edi:
Kazak oqsoqollarining takliflari 1672-yil mart oyi oxirida, keyinchalik, may oyining boshida takroran podshohga topshirildi. „Ukraina tarixi entsiklopediyasi“da yozilishicha, hujjatlar mazmuniga koʻra, ular faqat 1669-yilgi Gluxov shartnomasiga qoʻshimcha hisoblanishi hamda bitim mohiyatini aniqlashtirishi yoki uning bandlarini toʻldirishi kerak edi. Yangi qoidalar 1669-yildan keyingi voqealar kun tartibiga chiqargan masalalarni tartibga solish maqsadida chiqarilgan edi. Xususan, kazak oqsoqollari taklifi bilan getmanning ichki va tashqi siyosat sohasidagi hokimiyati uning manfaatiga cheklandi. Podshoh tashabbusi bilan esa, Getmanlik hududining Janubiy Belarus yerlari hisobiga kengayishiga toʻsiqlar qoʻyildi. Bundan tashqari, Getman delegatsiyasining Getmanat bilan bogʻliq boʻlgan Rossiya-Polsha muzokaralarida majburiy ishtirok etishi toʻgʻrisidagi qoida bekor qilindi.
Umuman olganda, Konotop hujjatlari getman hokimiyatini kazak oqsoqollari foydasiga cheklar edi va Getmanlik muxtoriyati imkoniyatlarini toraytirdi.
Amal qilish muddati
Konotop shartnomasi rasman 1687-yilgacha huquqiy kuchini saqlab qoldi, ammo 1670-yillarning ikkinchi yarmidan soʻng, Ivan Samoylovich oʻz hokimiyatini sezilarli darajada mustahkamlagach, hujjatning koʻpgina qoidalari oʻz ahamiyatini yoʻqotdi.
Yana qarang
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org