Konklav




Konklav (lotincha: conclave — berk xona) — Rim papasini saylash maqsadida chaqiriladigan kardinayalar yigʻini (1274-yildan), shuningdek, yigʻin oʻtkaziladigan bino. Yigʻin tashqi dunyodan butkul ajratib qoʻyilgan binoda oʻtadi. Konklav oʻtkazish tartibi 13-asrda papa Grigoriy X tomonidan belgilangan. Keyingi papalar bu tartibga juzʼiy aniqlik va tuzatishlar kiritgan. Papa saylash uchun qatnashchilarning 3 dan 2 qismi ovoz berishi va yana qoʻshimcha bir ovoz berilishi talab qilinadi. Konklav qatnashchilarining soni 120 dan oshmasligi kerak.

Yana q.




Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz