KONKLAV



KONKLAV (lotincha conclave — berk xona)— Rim papasini saylash maqsadida chaqiriladigan kardinayalar yig’ini (1274 yildan), shuningdek, yig’in o’tkaziladigan bino. Yig’in tashqi dunyodan butkul ajratib qo’yilgan binoda o’tadi. Konklav o’tkazish tartibi 13-asrda Papa Grigoriy X tomonidan belgilangan. Keyingi papalar bu tartibga juz’iy aniqlik va tuzatishlar kiritgan. Papa saylash uchun qatnashchilarning 3 dan 2 qismi ovoz berishi va yana qo’shimcha bir ovoz berilishi talab qilinadi. Konklav qatnashchilarining soni 120 dan oshmasligi kerak.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz