Ko`nka




Koʻnka , k o n k a (ruscha kon — ot) — Toshkentda 20-asr boshida paydo boʻlgan shahar transporta turi; vagonni otlar tor iz boʻylab harakatlantirgani tufayli shu nomni olgan (loyiha muallifi E. Deni, 1882-yil). K. qurilish ishlari 1896-yil Belgiyaning "Toshkent tramvayi" anonim jamiyati tomonidan boshlangan. 1901-yil K.ning 1-yoʻli ishga tushirilgan; u temir yoʻl vokzalini Eski shahar bozori bilan bogʻlagan. Keyinchalik yoʻllar soni ortgan. 1913-yil ga kelib, K. yoʻllarining umumiy oʻz. 9,5 km, vagonlar soni 30 ta, otlar soni 230 taga yetgan. Shaharda tramvay qatnay boshlagach (1913), K. ga hojat krlmagan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz