Ko‘niya




Koʻniya — Turkiyaning jan. qismidagi shahar. Likaon tekisligida. Koʻniya elining maʼmuriy markazi. Aholisi 761 ming kishidan ziyod (2000). Transport yoʻllari tuguni. Qishloq xoʻjaligi rayoni markazi. Gʻalla va jun bilan savdo qilinadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari, traktor zavodi bor. Gilam toʻqiladi. Shahar yaqinidan simob va magnezit qazib chiqariladi.

K. ilk bor qad. Frigiya davlati shaharlari qatorida Ikoniy nomi bilan tilga olingan. Miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 3-asrlarda Rim imperiyasi, soʻngra Vizantiya tarkibida boʻlgan. 11-asr oxirlari — 14-asr boshlarida Koʻniya sultonligi poytaxti, 15-asr oxiridan Usmonli turk saltanatiga qoʻshib olingan. Meʼmoriy yodgorliklardan Sirchali (1243), Sohibota (126283, Qoratoy (1252), Inja Minor (1258) madrasalari, Sultonxon karvonsaroyi (1229) va boshqa bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz