Konibodom




Konibodom (tojikcha: Конибодом; forscha: کان بادام ) — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatidagi shahar. Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida joylashgan. Katta Fargʻona kanali boʻyida. Konibodom temir yoʻl stanyasidan 6 km. Aholisi 48 ming kishi (2013-yil). Konibodom 1463-yildan Qandi Bodom deb tilga olinadi. Baʼzi adabiyotlarga koʻra, Konibodom 9—10-asrlardan maʼlum.

Sanoati



Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, yengil (paxta tozalash, toʻqimachilik, tikuvchilik), oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Badiiy hunarmandchilikning qadimdan markazi. Teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. 16—17-asrlarga mansub 2 Madrasa, anʼanaviy oʻymakorlik va kitobali (bezak yozuvli) masjidlar saqlangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz