KO’NGUR G’ORI
KO’NGUR G’ORI — O’rta Uraldagi karst g’ori, Silva daryosi bo’yida, Ko’ngur shahri yaqinida. Perm sistemasining ko’ngur yarusidagi gips va angidritlar orasida paydo bo’lgan. Yo’laklar va o’ngurlarning umumiy uzunligi 5,6 kilometr. 60 ga yaqin o’ngur va 60 ko’l bor. Tabiat yodgorligi elektrlashtirilgan. Turistlar kelib turadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz