KONGLOMERAT
KONGLOMERAT (geologiyada) — dag’al chaqiq cho’kindi tog’ jinsi, qum, shag’al va tosh bo’laqlarining birikib tsementlanishidan hosil bo’ladi. Temir oksidi, karbonat, gilli materiallar va silikat kislota Konglomeratda biriktiruvchi material rolini bajaradi. Konglomeratlar bir xil (monomikt) yoki turli tog’jinslari bo’laqlaridan (polimikt) tashkil topadi. Dengiz, ko’l, allyuvial, prolyuvial, bazal Konglomerat turlari bor. Tog’ va tog’ etaklarida ko’p uchraydi. Konglomeratlar yo’l qurish, beton plitalar tayyorlash va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarishda ko’plab ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz